2023-yil 20-may kuni Toshkent shahrida “CHISTY BEREG VOSTOK” savdo obektining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
20 may 2023
2023-yilning 20-may kuni Belarus Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Leonid Marinich Toshkent shahridagi “CHISTY BEREG” savdo uyining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi."Chisty Bereg" kompaniyasi Belarus Respublikasida trubalar va truba fitinglari, elektrotexnika mahsulotlari va santexnika vositalarni yetkazib beruvchi eng yirik yetkazib beruvchi, shuningdek, Belarus quvurlari armatura korxonalari uyushmasining ta'sischilaridan biri va rasmiy a'zosi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi istemolchilar uchun Toshkent shahridagi “CHISTY BEREG” do‘konida 10 mingdan ortiq turdagi yuqori sifatli mahsulotlar mavjud.